“Manchester Siti” hujumchisi Serxio Aguero Angliya Premyer Ligasida so‘nggi o‘n yillikdagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.
31 yoshli argentinalik futbolchi 174 ta gol bilan yetakchilik qilmoqda. Aguero 2011-yildan buyon manchesterliklar safida harakat qilib keladi.
O‘n yillikning eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni “Tottenhem” hujumchisi Harri Keyn egalladi. 2013/14-yilgi mavsumdan boshlab “shporlar”ning asosiy tarkib futbolchisiga aylangan Harrining hisobida 136 gol bor.
Uchinchi o‘rin esa “Manchester Yunayted” va “Everton” jamoalarining sobiq forvardi Ueyn Runiga tegishli bo‘ldi (114 gol).
Premyer Liganing so‘nggi o‘n yillikdagi eng yaxshi to‘purarlari:
- Serxio Aguero (“Manchester Siti”) — 174.
- Harri Keyn (“Tottenhem”) — 136.
- Ueyn Runi (“Manchester Yunayted”, “Everton”) — 114.
- Romelu Lukaku (“Chelsi”, “Everton”, “Vest Bromvich”, “Manchester Yunayted”) — 113.
- Robin van Persi (“Arsenal”, “Manchester Yunayted”) — 98.
- Jeymi Vardi (“Lester”) — 97.
- Eden Azar (“Chelsi”) — 85.
- Olivye Jiru (“Arsenal”, “Chelsi”) — 78.
- Rahim Sterling (“Liverpul”, “Manchester Siti”) — 77.
- Sadio Mane (“Liverpul”) — 76.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)