Buyuk Britaniyaning Sky Sports nashri so‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi sportchilari reytingini e’lon qildi.
Mazkur ro‘yxatning birinchi o‘riniga amerikalik tennischi Serena Uilyams loyiq ko‘rildi. Ikkinchi pog‘onadan esa Formula-1 bo‘yicha ko‘p karra Jahon Chempioni Lyuis Hemilton o‘rin oldi.
“Yuventus” klubi va Portugaliya terma terma jamoasi futbolchisi Krishtianu Ronaldu kuchli uchlikka yakun yasagan bo‘lsa, “Barselona”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi to‘rtinchi pog‘onaga joylashdi.
Professional boksda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Floyd Meyvezer kuchli beshlikdan o‘rin oldi.
Shuningdek, Novak Jokovich (tennis), Usain Bolt (yengil atletika), Tom Bredi (amerikacha futbol), Lebron Jeyms (basketbol) va Simona Baylz (gimnastika) kabi sportchilar ro‘yxatning kuchli o‘nligiga kiritilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)