Sport nashrlari xalqaro assotsiatsiyasi (AIPS) 2019-yilning eng yaxshi jamoasini aniqladi.
Unga ko‘ra 2019-yilda futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan “Liverpul” klubi yilning eng yaxshi jamoasi deb topildi. “Qizillar” jurnalistlar o‘rtasida tashkil etilgan so‘rovnomada 908 ta (30,21%) ovoz to‘plagan.
Ikkinchi o‘rinni ayollar futboli bo‘yicha 2019-yilgi Jahon Chempioni AQSh terma jamoasi qo‘lga kiritdi. Amerikaliklar 538 ta (17,90%) ovoz jamg‘argan.
Uchinchi o‘rin esa JAR regbi terma jamoasiga nasib etdi. Mazkur terma jamoaga 434 ta (14,44%) ovoz berilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)