O‘zbekistonda “Xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Bu 2020-yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan.
Qonun loyihasida quyidagilarni qamrab olgan:
- iqtisodiyot tarmoqlarida nodavlat sektorning ulushini yanada kengaytirish;
- iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlariga xususiy investorlarning jalb qilinishini rag‘batlantirish;
- barcha turdagi salohiyatli investorlarning xususiylashtirish jarayonlarida teng sharoitlarda ishtirokini ta’minlash;
- xususiylashtirish sohasidagi mavjud normativ-hukukiy hujjatlarni yagona qonun hujjatida mujassamlashtirish;
- xususiylashtirish bitimlarining ochiqligi va ommaviyligini ta’minlash, xususiylashtirishning yangi shartlarini joriy etish va boshqalar.
Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati 2020-yil 1-iyun, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati 2020-yil 1-iyul.
Izoh (0)