“Volfsburg” futbol klubi va Qozog‘iston terma jamoasi sobiq himoyachisi Sergey Karimov olamdan ko‘z yumdi. Bu haqda nemis klubi matbuot xizmati xabar qildi.
Kelib chiqishi Qozog‘istondan bo‘lgan germaniyalik sobiq futbolchi 34 yoshida vafot etdi. O‘lim sababi ma’lum emas.
Karimov 2005—2011-yillar mobaynida “Volfsburg” tizimida to‘p surgan, shundan keyin “Duysburg”da ijara asosida o‘ynagan.
Sergey 2010-yilda Ummonga qarshi o‘rtoqlik bahsida Qozog‘iston terma jamoasida debyut qilgan. Shundan keyin terma jamoada boshqa to‘p surmagan. Uning so‘nggi klubi Germaniya beshinchi divizioni vakili “Lyupo-Martini” bo‘lib, futbolchi u yerni 2014-yilda tark etgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)