O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining 8—26-yanvar kunlari Tailandda bo‘lib o‘tadigan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga yo‘l oladigan tarkibi e’lon qilindi.
Ushbu musobaqada Tokio—2020 Olimpiadasiga yo‘llanma o‘ynaladi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Janubiy Koreya, Eron va Xitoy kabi jamoalar bilan bir guruhdan o‘rin olgan.
Lyubinko Drulovich so‘nggi 23 nafar futbolchidan iborat ro‘yxatga quyidagi futbolchilarni kiritdi:
Darvozabonlar: Abduvohid Ne’matov, Mashxurjon Muhammadjonov, Nizomiddin Ziyovuddinov
Himoyachilar: Islom Qobilov, Hojiakbar Alijonov, Dilshod Saitov, Sherzod Nasrullayev, Oybek Rustamov, Ilhom Alijonov, Husniddin Aliqulov
Yarim himoyachilar: Abdulla Abdullayev, Aziz G‘aniyev, Sharof Muxitdinov, Nurillo To‘xtasinov, Jasurbek Yaxshiboyev, Abrorbek Ismoilov, Islom Kenjaboyev, Doston Ibragimov, Sanjar Qodirqulov, Oybek Bozorov
Hujumchilar: Bobir Abdixoliqov, Mirjahon Mirahmadov, Azizbek Amonov.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)