Shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich faoliyatini “Milan”da davom ettiradi, deya xabar qilmoqda La Gazzetta dello Sport jurnalisti Nikolo Skira.
Manbada ta’kidlanishicha, tomonlar 2020-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Shuningdek, kelishuvga bitmni bir yilga uzaytirish haqidagi band ham kiritilgan
Ibragimovich yarim mavsum davomida 3 million yevro ishlab oladi. Agar shartnoma yana bir yil muddatga uzaytirilgan taqdirda uning maoshi yiliga 4,5—6 million yevro atrofida bo‘ladi.
Yaqin vaqt ichida 38 yoshli futbolchi milanliklar uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Zlatan 2010—2012-yillar mobaynida “Milan”da harakat qilgan. Uning so‘nggi klubi “Los-Anjelas Gelaksi” bo‘lib, Ibra noyabr oyida u yerni tark etgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)