Su-57 qiruvchi samolyoti Komsomolsk-Amurdagi sinov parvozi vaqtida quladi. Meduza’ning yozishicha, samolyot “Dzyomgi” aerodromidan 120 kilometr masofada joylashgan taygada dvigatelni sinovdan o‘tkazish vaqtida halokatga uchragan.
Uchuvchi omon qolgan — u katapulta qilishga ulgurgan. Hodisa oqibatida qurbonlar va vayrongarchiliklar yo‘q. Samolyot Rossiya Mudofaa vazirligiga emas, Komsomolsk-Amurdagi Gagarin nomli aviazavodga tegishli bo‘lgan.
Aviahalokatning asosiy sabablari sifatida nosozlik va parvoz vaqtidagi xatolik ko‘rsatilmoqda.
Su-57 (shuningdek T-50 nomi bilan ham mashhur) — Rossiyaning ko‘p maqsadli beshinchi avlod qiruvchi samolyotidir, u Suxoy sinov-konstruktorlik byurosi tomonidan front aviatsiyasi uchun istiqbolli aviamajmua sifatida ishlab chiqilgan. Yangi qiruvchi samolyot ilk parvozni 2010-yilda amalga oshirgandi.
Izoh (0)