Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-dekabr kuni O‘zbekistonning karantin va o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha xalqaro Konvensiyaga (Rim, 1951-yil 6-dekabr) qo‘shilishi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Hujjat 9-dekabr Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi va Senat tomonidan 14-dekabr kuni ma’qullandi.
Hujjatning maqsadi-o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati faoliyati samaradorligini oshirish va milliy fitosanitariya tizimini xalqaro talablarga muvofiqlashtirishdan iborat.
O‘simliklar karantini va uni himoya qilish bo‘yicha xalqaro konvensiya—zararli organizmlarning introduksiyasi va tarqalishining oldini olish orqali yetishtiriladigan va yovvoyi o‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risidagi bitim.
Bugungi kunda ushbu konvensiya 183 ta davlat tomonidan imzolangan. Konvensiya o‘simliklar yoki o‘simlik mahsulotlarining barcha transchegaraviy harakatlariga nisbatan qo‘llaniladi.
Izoh (0)