PSJ hujumchisi Edinson Kavani faoliyatini “Atletiko”da davom ettirishi mumkin, deya xabar xabar qilmoqda italiyalik jurnalist Janluka di Martsio.
Ispan klubi 32 yoshli futbolchi bilan uch yillik shartnoma borasida kelishib olgan. Biroq “Atletiko” maosh chegarasi qoidalarini buzmaslik uchun bir nechta futbolchisini sotishiga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, transfer qishda amalga oshishi ham so‘roq ostida turibdi, agar “matraschilar” Kavanini qishdayoq qo‘lga kiritishni istasa, u holda PSJga pul to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Futbolchining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020-yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi va futbolchi yanvardan boshqa klublar bilan muzokaralar o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)