“Real” futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 18-turida “Atletik Bilbao” bilan nursiz durang qayd etdi (0:0).
Madridliklar klubi La Liga ushbu mavsumida o‘z darvozasidan 12 ta gol o‘tkazib yubordi. Bu 1987/88-yilgi mavsumdan keyingi eng yaxshi natija hisoblanadi. 32 yil avval “qaymoqranglilar” darvozasini Fransisko Buyo qo‘riqlagan.
Hozirda “Real” darvozaboni Tibo Kurtua hisoblanadi. Kurtua ushbu mavsum Primerada 15 o‘yin o‘tkazib, ularning sakkiztasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)