O‘zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev 22-dekabr, yakshanba kuni Rossiyada navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Rostov-Don mezbonligida o‘tgan Profc66 jang oqshomida Nursultonga belaruslik Boris Miroshnichenko raqiblik qiladi. Jang to‘liq uch raund davom etdi. Hakamlar esa raundlar yakuniga ko‘ra, bir ovozdan Miroshnichenkoning g‘alabasini qayd etdi. Shu tariqa Nursulton MMA’dagi 9-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Ma’lumot uchun, Nursulton bugungi jangga qadar MMA’da 24 ta jangda g‘alaba qozonib, 8 marta mag‘lub bo‘lgandi. Uning raqibi Miroshnichenko esa 16 ta jangda raqiblarini mag‘lub etib, 10 ta jangda imkoniyatni boy bergandi.
Izoh (0)