• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12668.14
    • RUB161.15
    • EUR14640.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tramp Oq Uydan ketmaydi, lekin Britaniya Yevropadan ketadi. Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” o‘tayotgan haftada dunyo matbuotida keng yoritilgan, ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lgan maqolalar sharhiga to‘xtalib o‘tadi.

    Impichment Trampni hokimiyatdan chetlashtiradimi?

    AQSh Kongressining quyi – vakillar palatasi amaldagi prezident Donlad Trampga ikkita band bo‘yicha impichment – ishonchsizlik bildirdi. Tramp tarafdorlari esa Senatda ovoz berishda prezident hokimiyatdan chetlatilishiga to‘sqinlik qilishga urinib ko‘rmoqchi. Tramp tarafdorlaridan biri, vakillar palatasi a’zosi Maykl Kelli bo‘layotgan voqealarni imperator Yaponiyasining Perl-Xarborga hujumi bilan mengzadi.

    Foto: WDTN

    Foto: WDTN

    Chorshanba kuni vakillar palatasi Trampga nisbatan impichment e’lon qilar ekan, amaldagi Oq Uy sohibi ishonchsizlik bildirilgan uchinchi prezidentga aylandi. Natija esa, u egallagan lavozimidan ketadimi, yo‘qmi, mamlakat ikki qutbga ajralganidir.

    Demokratlar ko‘pchilikni tashkil etgan vakillar palatasining aksari ikkita band bo‘yicha Trampga ayblov e’lon qildi. Senat mazkur ish bo‘yicha keyingi oyda tinglov o‘tkazishini bildirdi. Tramp uchun qulay vaziyat shundaki, aksar senatorlar Tramp tarafdorlari, ya’ni respublikachilardir.

    Impichment bo‘yicha so‘rov quyidagicha natija ko‘rsatdi: mansab vakolatini oshirish bandi bo‘yicha 230 a’zo “ha” deb javob bergan bo‘lsa, 197 kishi “yo‘q” deb ovoz berdi. Kongress faoliyatiga xalaqit berish borasida ovozlar nisbati 229 ga 198 tani tashkil etdi.

    AQSh 243 yillik tarixi davomida hech bir prezidentni impichment natijasida hokimiyatdan chetlatishmagan. Impichment amalga oshishi uchun Senatdagi 100 senatorning uchdan ikki qismi ovoz berishi kerak bo‘ladi. Senatda respublikachilar ko‘pchilikni tashkil etishini hisobga olsak, bu mushkul ishdir. Boshqacha aytganda, kamida 20 nafar respublikachi senator demokratlar lageriga qo‘shilishi kerak. Degenerat demokrat senator degan nomga ega bo‘lish o‘zini hurmat qilgan qaysi senatorga yoqadi deysiz.

    O‘z navbatida, Tramp impichment tarafdori bo‘lgan demokratlarni davlat to‘ntarishiga urinishda ayblab chiqdi. Respublikachi senator Mich Makkonnel mahkama jarayoni boshlanganda u vakil bo‘lgan Senat Tramp hokimiyatdan ketishiga hech qachon yo‘l qo‘ymasligini bildirdi.

    Impichment qonunchiligining birinchi bandiga ko‘ra, 73 yoshli prezident mansab vakolatidan foydalangan holda bo‘lg‘usi saylovda asosiy raqibi  bo‘lgan Jo Baydenga nisbatan tekshiruv o‘tkazishni so‘ragan. Bu esa Ukrainaga nisbatan bosim sifatida baholanmoqda.

    Demokratlar nazarida, Tramp vakolatidan foydalanib, Ukrainaga Rossiya taraf bo‘lgan ayirmachilar bilan kurashish maqsadida ajratilishi kerak bo‘lgan 391 million dollar miqdoridagi harbiy yordamni bermagan. Ukraina prezidenti bilan Oq Uyda uchrashmagan. Bularning barchasi Baydenga nisbatan jamoatchilik ishonchsizligini uyg‘otish va Ukrainaning 2020-yildagi saylovga aralashuvini ta’minlash bo‘lgan.

    Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining impichment borasidagi harkatlarini Donald Tramp “yalmog‘izlar ovi” va Amerika demokratiyasiga hujum deb atagan.

    Nima bo‘lganda ham, Senatdagi respublikachilar tarix sahifalariga ulkan mag‘lubiyatni yozishni istamasligi aniqroq ekani hisobga olinsa, impichment mojarosi navbatdagi saylovga qadar davom etadi.

    Impichment AQSh asoschilari nazarda tutgan chora bo‘lib, Britaniya qo‘l ostidan ozod bo‘lgan Amerika yerlarida navbatdagi mutloq hokimiyatga ega bo‘lmoqchi shaxsga qarshi qaratilgandir. U Kongressga og‘ir jinoyatlar va qonunga zid xatti-harakatlar qilgan prezidentni muddatidan oldin olib tashlash imkonini beradi.

    Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqmoqda

    Boris Jonson yetakchiligidagi konservatorlar partiyasi leyboristlar ustidan saylovda yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu Birlashgan Qirollik 2020-yil 31-yanvarda Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqadi degani. Shunday ekan, Brexit’ning istiqboli qanday bo‘ladi? Bu savolga “Rus Germaniyasi” nashri javob qidiradi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Britaniya parlamenti quyi palatasi – Jamoat palatasiga “torilar” muddatidan oldingi saylovda 364 ta mandatni qo‘lga kiritdi va oldingi saylovdagidan 47 ta ko‘p deputatga ega bo‘lib oldi. Leyboristlar partiyasi bo‘lsa 2017-yil saylovidagi natijadan 59 ta kam mandatga ega bo‘ldi.

    Boris Jonsonning yirik g‘alabasi asosan Angliyaning shimoliy va markaziy hududlarida istiqomat qiluvchi saylovchilar tufayli yuz berdi. An’anaga ko‘ra, sanoat hududlari aholisi doimo leyboristlarni qo‘llab ovoz berib  kelgan. 2016-yilda sanoat hududidagi saylovchilar Brexit’ni yoqlab ovoz bergan edi, bugun esa ‘’qizillar” konservatorlarni yoqlab ovoz berdi.

    Brexit’ga qarshi kurashayotgan liberal-demokratlar partiyasi saylovchilarning 12 foiz ovozini qo‘lga kirita oldi va mamlakatdagi uchinchi siyosiy kuch ekanini bildirib qo‘ydi. Shotlandiya milliy partiyasi va mamlakatda hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmagan “yashillar” ketma-ketlikda 3,9 va 2,7 foiz ovoz to‘play olgan bo‘lsa, Nayjel Farajning Brexit partiyasi 2 foiz ovoz natija ko‘rsatdi.

    Brexit’ning kelajagi qanday?

    Boris Jonson Birlashgan Qirollikning bosh vaziri bo‘lar ekan, u mamlakatni qat’iy ravishda Brexit sari yetaklayveradi. Jonsonning sobiq hukumati va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida tuzilgan kelishuv darhol ratifikatsiya qilinadi va shu tariqa 2020-yilning 31-yanvar sanasida mamlakat Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqadi. Bu amalda hech narsani o‘zgartirmaydi, chunki Brexit’dan chiqishning o‘tish davri boshlanadi. Qilinadigan ishlar esa ko‘p. Tomonlar ikki taraflama savdo, moliya va boshqa hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarni hal qilib olishi kerak bo‘ladi. Brexit uzil-kesil 2020-yil 31-dekabrda yuz berishi ta’kidlanayotgan bo‘lsa-da, Yevropa Ittifoqi tomoni bunday qisqa davr oralig‘ida hal qilinishi kerak bo‘lgan masalalar nihoyatda ko‘pligi bois ularga yechim topish, o‘zaro kelishish qiyin ekanini aytmoqda.

    Konservatorlar o‘tish davrini cho‘zmaslikni saylovoldi tashviqoti sifatida ishlatgan bo‘lsa-da, aftidan, muzokaralar hali yana anchaga cho‘ziladi.

    Jonson hukumati oldidagi boshqa muammolar

    Jonson hukumati Brexit sari harakat qilar ekan, mamlakat Shotlandiyada mustaqillik uchun harakat qilayotgan kuchlar va Brexit tufayli ikki guruhga ajralib qolgan Shimoliy Irlandiya aholisi muammosi bilan to‘qnash keladi.

    Saylovdan so‘ng Shotlandiyada Buyuk Britaniyadan siyosiy mustaqillikni talab qiluvchi kayfiyat yanada jo‘shqinlik bilan boshlanib ketdi. 59 ta saylov okrugidan 48 tasida mustaqillik uchun harakat qilayotgan Shotlandiya milliy partiyasi g‘alaba qildi. Shotlandiya bosh vaziri Nikola Styorjen saylov natijalarini kutmasdan qaytadan mustaqillik borasida referendum o‘tkazilishiga chaqirdi.

    2014-yilda o‘tkazilgan referendum natijalari Shotlandiya Buyuk Britaniya tarkibida qolishga rozi ekanini ko‘rsatgan edi. 2016-yilgi saylovda aksar shotlandlar Brexit’ga qarshi ovoz berdi. Bugun shotlandlarni ularning ixtiyoriga qarshi Yevropa Ittifoqidan ayirishmoqda. Shunday ekan, nega Shotlandiya mustaqil bo‘lishga urinib ko‘rmasligi kerak? Rasmiy London shotlandlarga referendum o‘tkazishga ruxsat berishi dargumon.

    Boris Jonsonning g‘alabasi Brexit’ni yaqinlashtirar ekan, bu Shimoliy Irlandiyani ikki qutbga ajratib qo‘ydi. Unionist-protestantlar achchiq mag‘lubiyat ta’mini totib ko‘rgan bo‘lsa, katoliklarning “Shin Feyn” (“Biz o‘zimiz”) partiyasi g‘alaba nashidasini surmoqda. Sabab – Brexit.

    Unionistlarning ayrimlari Jonson tarafida Brexit’ni yoqlayotgan bo‘lsa, aksarlari Yevropa Ittifoqidan chiqishni istamaydi. Muhim saylov bo‘lib o‘tar ekan, ular “ikki yomondan eng kamroq xavf tug‘diradiganini tanla” iborasiga amal qildi va o‘zlarining ashaddiy raqiblariga ovoz berdi. Irlandlar uchun endi yomon va yomonroq bo‘lgan “yaxshi umid” mavjud: yomoni – Shimoliy Irlandiya borasida Yevropa Ittifoqining maxsus qarori e’lon qilishi, yomonrog‘i – Yevropa Ittifoqi a’zosi bo‘lgan qo‘shni Irlandiya bilan kuchli nazorat o‘rnatiladigan bojxona tartibi. Boris Jonson bu muammoni qay tarzda bartaraf qiladi, bu vaqt ko‘rsatadi.

    Gonkong va Qrim: qanday o‘xshashliklar mavjud?

    The Business Insider Singapore nashri bugungi kunda Gonkongda davom etayotgan ommaviy norozilik namoyishlari o‘z xususiyatiga ko‘ra 2014-yili Qrimda yuz bergan muammoga o‘xshashligini yozadi. Xo‘sh, bu o‘xshashliklar nimalardan iborat?

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Avvalo, Gonkong va Qrimdagi jarayonlarga ahamiyatsiz voqealar sabab bo‘lgan. Gonkongda 2019-yil iyun oyida boshlangan ommaviy norozilik namoyishlari sababi “Qochoq jinoyatchilar va jinoyat ishlarida o‘zaro huquqiy yordam” qonun loyihasi bo‘ldi. Bu qonun loyihasi jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni Xitoyga ekstraditsiya qilishni nazarda tutar edi. Ammo Gonkong aholisi bu mahalliy sud qonunchiligi mustaqilligiga zarba beradi, dissidentlar hayotini xavf ostiga qo‘yadi deb hisobladi. Loyiha qonunchilik palatasi kun tartibidan olib tashlangan bo‘lsa-da, norozilik namoyishlari davom etmoqda.

    Qrimdagi inqiroz esa 2013-yil noyabr oyida Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovich Yevropa Ittifoqidan ko‘ra Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashga e’tibor berishi natijasida yuz berdi. Bu Ukraina bosh maydonida norozilik namoyishlari boshlanib ketishiga, Ukraina fuqarolar urushiga yuz tutishiga sabab bo‘ldi.

    Ikkinchidan, Ukraina va Gonkongdagi nizolar ortida yirik davlatlar turibdi. Gonkongdagi nizoda Xitoy taraf bo‘lgan kuchlar v G‘arb to‘qnashmoqda, mahalliy hukumat shaxmat taxtasidagi piyoda vazifasini o‘tamoqda.

    Qrimdagi voqealarda esa Yevropa Ittifoqi va Rossiya taraf bo‘lgan kuchlar to‘qnashgandi. Sahna ortida Rossiya va asosan AQSh kuch sinashmoqda. Natija esa Ukrainani geosiyosiy jarayonlar qurboniga aylantirdi.

    Uchinchidan, har ikki mamlakatda ham jamoatchilik fikri markaziy hukumat olib borayotgan siyosatga qarshi yo‘naltirilgan edi. 2014-yil 16-martda Qrim taqdiri masalasida referendum o‘tkazildi. Natijada hudud Rossiya tarkibiga qo‘shildi. 2019-yil 24-noyabr sanasida Gonkongda o‘tkazilgan referendum natijalari aholi Pekin hukumatiga ishonchsizlik bilan qarashini isbotladi.

    Qrimliklar va gonkongliklarni farqlovchi jihat ikki xalqning mustaqillika intilishida bo‘ldi. Aksar gonkongliklar Xitoydan mustaqil bo‘lish tarafdori bo‘lmasa-da, ba’zi holatlarda mustaqillikka undovchi shiorlar paydo bo‘lib turdi. Gonkong mustaqil davlat sifatida Xitoysiz o‘zini ta’minlay olmaydi. AQShda “Gonkongdagi inson huquqlari va demokratiya haqida” hujjat qabul qilindi, ammo bu uning yordamiga ko‘z tikishga imkon bermaydi.

    Xitoy va Pokiston munosabatlariga qanday zarba bersa bo’ladi?

    Xitoy va Pokiston iqtisodiy koridori kelishuviga eng muqobil yo‘l AQSh uchun Pokistonga nisbatan beriladigan kredit miqdorini oshirish emas, aksincha, mamlakat yengil sanoatining kengayishiga yordam berish bo‘lar edi, deb yozadi The National Interest nashri.

    Foto: “Newsln.Asia”

    Foto: “Newsln.Asia”

    2019-yilning noyabr oyida AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maslahatchisi Elis Uels rasmiy Pekinning “Bir kamar, bir yo‘l” dasturi asosida yo‘lga qo‘yilgan Xitoy – Pokiston iqtisodiy koridori kelishuvini keskin tanqid qilib chiqdi.

    Uels xonim iqtisodiy koridorni tanqid qilishiga asoslari yetarli edi. Xitoy Pokistonga taklif qilgan kelishuv shartlari shaffoflikdan yiroq. U Pokiston singari rivojlanayotgan davlatlarga istiqbolli kelajakda barqaror iqtisodiyotni ta’minlashda foyda keltirmaydi, Xitoyga esa Pokistonga qimmat bo‘lgan elektr energiyasi eksportidan katta daromad keltiradi. AQSh tarafi, Uels xonim nazdida, Pokiston kerakli demokratik islohotlarga yuz tutadigan bo‘lsa, grant va sarmoya ajratishini aytgandi.

    Biroq bu hali hammasi emas. AQSh Pokistonga taklif qilayotgan fuqarolik yordami dasturi aslida muvaffaqiyatga erishishdan yiroq. Bundan tashqari, Xitoy Pokiston bilan kelishuv shartlarini qaytadan ko‘rib chiqishni taklif etmoqda. Natijada AQSh Pokistonda ta’sirini yo‘qotish ostonasida turibdi.

    2009-yildan beri AQSh Pokistonga iqtisodiy hamkorlik doirasida 4 milliard dollardan ortiq mablag‘ni yordam sifatida berib keladi. Dastur asosida Pokistonda ancha o‘zgarishlar sezildi. Lekin bu xarajat Pokistonda yetarli iqtisodiy o‘sish sur’atini ko‘rsatmadi. 2009 va 2013-yillar oralig‘ida Pokiston iqtisodiyoti o‘rtacha 3 foizga o‘sdi.

    Islomobod va Pekin o‘rtasida erkin savdo kelishuvi imzolanishi natijasida, Pokiston hukumati ma’lumotiga ko‘ra, Xitoyga eksport hajmi 2006-yildagi 506 million dollardan 1,8 milliard dollarga o‘sdi; o‘z o‘rnida, Xitoydan Pokistonga yuborilgan mahsulotlar hajmi 2,9 milliard dollardan 15,3 milliard dollarga ko‘paydi.

    Islomobodning Pekin bilan erkin savdo haqidagi kelishuvi pokistonlik o‘rta va mayda ishlab chiqaruvchilarni kasod qildi. Ularni himoya qilish borasida kelishuv mavjud bo‘lsa-da, xitoyliklar raqobatda o‘zini yirtqichdek tutmoqda.

    Pokiston eksporti haqida gap ketganda shuni aytish joizki, mamlakat Bangladesh va Hindistondan ancha ortda qolmoqda. Yengil sanoat mahsulotlari Pokistonning asosiy iqtisodiy qon tomiri ekan, AQSh Islomobod uchun tekstil mahsulotlarini eksport qiladigan muhim mamlakat bo‘lib qolmoqda. Pokiston yengil sanoat mahsulotlari AQSh bozorlariga kirishini kengaytirishni ta’minlash Pokiston uchun iqtisodiy o‘sish kafolati sifatida xizmat qilgan bo‘lardi. Shunday ekan, AQSh hukumati Pokistonga moliyaviy ko‘mak berish o‘rniga 200 million aholiga ega mamlakatda ommaviy mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirsa oqilona ish bo‘lar edi.

    Vashington Pokiston bilan erkin savdo bitimlari rejasiga qaytishi Islomod va Pekin savdo kelishuvlarini yana bir bor o‘ylab ko‘rishga zamin yaratardi. Pokistonning AQShga eksporti 2006-yildan beri stagnatsiya holatida ekan, AQSh tovarlari importi Pokistonda 2006-yildagi 1,8 milliard dollardan 2,9 milliard dollarga oshdi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    22.12.2019, 14:31   Izoh (0)   41881
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Meksika portida ikki kruiz kemasi to‘qnashdi

    22.12.2019, 09:36

    Forbes joriy yilgi eng muvaffaqiyatli va omadsiz milliarderlar ro‘yxatini e’lon qildi

    22.12.2019, 08:14

    Germaniya “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri qurilishiga AQSh tomonidan sanksiyalar joriy etilganiga norozilik bildirdi

    22.12.2019, 07:34

    Hindistondagi norozilik namoyishlar davomida ikki kunda 11 kishi halok bo‘ldi

    21.12.2019, 19:56

    Volgogradda 56 o‘zbekistonlikni olib ketayotgan avtobus “Kamaz” bilan to‘qnashdi, besh kishi kasalxonaga yotqizilgan (video)

    21.12.2019, 15:31

    Idlibda jangarilarning ikki hujumidan so‘ng 17 nafar suriyalik askar halok bo‘ldi

    21.12.2019, 14:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston avtomobil bozori 2030-yilgacha har yili o‘rtacha 6 foizga o‘sadi — BCG

    O‘zbekiston | 18 iyun, 09:56

    Hech nima qilmasdan metabolizmni tezlashtirish va ozish sirlari

    Salomatlik | 18 iyun, 09:47

    “Isroil biz uchun Eronda iflos ishlar qilmoqda” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 18 iyun, 09:36

    Toshkentdagi dorixonada 3,5 mlrd so‘mlik dorilar sifatsiz va qalbakilashtirilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 09:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “River Pleyt” va “Mamelodi”dan g‘alaba, “Inter” Meksika jamoasi bilan durang o‘ynadi (video)

    Sport | 18 iyun, 09:04

    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

    Reklama | 18 iyun, 09:00

    AQSH Yaqin Sharqdagi qo‘shinlarini shay holatga keltirdi

    Dunyo | 18 iyun, 08:26

    Isroil Eron rahbariga Saddam Husayn taqdiri bilan tahdid qildi

    Dunyo | 17 iyun, 23:50

    Xitoy Markaziy Osiyo davlatlariga qariyb 210 mln dollar beg‘araz grant ajratadi

    Dunyo | 17 iyun, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.