Germaniya hukumati AQShning “Shimoliy oqim-2” va “Turk oqimi” gaz quvurlariga qarshi sanksiyalari kuchga kirgani munosabati bilan afsus bildiradi. Bu haqda hukumat vakili Ulrika Demmer ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.
Nemis rasmiylari Vashington joriy etgan cheklovlarni Yevropa ishlariga aralashish hisoblamoqda. “Germaniya bunday eksterritorial sanksiyalarni rad etadi. AQSh joriy etgan cheklovlar Germaniya va Yevropa kompaniyalariga ta’sir qiladi hamda Yevropa davlatlari ichki ishlariga aralashish hisoblanadi”, — deyiladi bayonotda.
AQSh prezidenti Donald Tramp 20-dekabr kuni imzolagan mamlakatning 2020-moliyaviy yil uchun harbiy budjeti loyihasidan ushbu sanksiyalar o‘rin olgan. Qonun kuchga kirganidan so‘ng “Shimoliy oqim-2” pudratchisi, Shveysariyaning Allseas kompaniyasi gaz quvuri qurilishini to‘xtatib qo‘ydi.
Izoh (0)