Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov O‘zbekistonga Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga bo‘ladigan saylovda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun kelgan Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi bosh kotibi Kristof Bernaskoni bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv chog‘ida Kristof Bernaskoniga mamlakatning yangi tashqi siyosati, saylov jarayonini demokratlashtirish uchun O‘zbekistonda joriy qilingan yangiliklar, jumladan, xorijda O‘zbekiston fuqarolarining yashash joylarida muddatidan oldin ovoz berishni tashkillashtirish, saylovda kuzatuvchilarning rolini oshirish to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Mamlakatning Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasiga a’zo bo‘lishi va O‘zbekistonning mazkur tashkilot doirasida qabul qilingan konvensiyalarda ishtirok etishi istiqbollari bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi.
Izoh (0)