• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Hammamiz shokdamiz”. Quruvchilardan biri Yunusobod metrosidagi avariya qanday yuz berganini so‘zlab berdi

    Mavzuga doir: Yunusoboddagi metro qurilishida yuz bergan avariya joyida 4 kishining jasadi topildi

    18-dekabr, chorshanba kuni soat taxminan 10:00 atrofida Toshkent metropolitenining yangi qurilayotgan Yunusobod yo‘nalishi qurilishida yer o‘pirilishi oqibatida avariya sodir bo‘ldi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Repost ushbu obyektda to‘rt kundan buyon ishlayotgan ishchilardan biri bilan bog‘landi. Ishchining iltimosiga binoan uning ismi o‘zgartirildi.

    Aziz (ism o‘zgartirilgan) viloyatdan kelgan. Quyida uning hodisa qanday yuz bergani haqidagi hikoyasi keltiriladi:

    Obyektda bugun to‘rtinchi kun ishlashim. Metro besh oydan beri qurilmoqda. Ishchilar bir necha smenada ishlamoqda. Men o‘z viloyatimdagi qurilish kompaniyasida bir yildan ortiqroq muddatda ishlab kelyapman. Aynan shu kompaniya meni metro qurilishiga yuborgan edi. Bu yerga ishga kelgan birinchi kunimdayoq orqaga qaytib ketishni xohlaganman. Metro qurilishiga jalb etilgan quruvchilarning bachasi Jomiy aylanmasida joylashgan plastkart vagonlarda yashaydi. Bitta vagonda 50 nafardan ko‘proq odam joylashgan. Birinchi kundanoq bizning boshlig‘imiz bir necha xodimni dam olgani va chekkani uchun ishdan haydadi. Yashash sharoitlari va bu yerdagi muhitni ko‘rib o‘sha kuniyoq orqaga qaytib ketishni xohlaganman.

    15 kun ishlaymiz, 3—4 kun dam olamiz, keyin yana ishga chiqish kerak bo‘ladi. Oylik 35 soat uchun to‘lanadi. Qo‘limizga 1,5 million so‘mga yaqin pul olamiz. Nonushtaga ikkita qaynatilgan tuxum, bir nechta bo‘lak non va choy berishadi. Tushlikka osh va non, kechki ovqatga makaron va guruch. Men kechki ovqatni yemayman, do‘kondan u-bu narsa olib yeyman. Har kuni soat 6:00 da ‘podyom’. Soat yettida biz obyektga borib, tungi smena ishchilari bilan o‘rin almashamiz. Boshliqlar qanday topshiriq bersa, hammasini bajaramiz. Bir kunda 10—11 soatlab ishlaymiz. Ishimiz og‘ir.

    Bugun soat 10:20 da fojia yuz berdi. Men o‘sha vaqt yaqin joyda turgandim.

    DSP, armaturalarning qarsillagan ovozi eshitildi, og‘ir narsa qulagandek bo‘ldi. Odamlarning baqirganini eshitdim, lekin kim baqirganini tushunmadim. Hamma metro o‘pirilgan joyga yugurdi.

    U yerda soyabon bor edi. Kuchli yomg‘irdan suv to‘planib, devorlar ikki tomondan suv bilan yuvilardi. Pastda esa beton quyish uchun mo‘ljallangan DSPlarni ushlab turgan taxtalar bor edi. DSP ustida esa armatura to‘ri. Odamlar yuqorida ishlayotgan edi, ayrimlar pastdagi soyabon ostida yomg‘irdan pana qilib turgan edi. DSP, armatura to‘rlari, beton va tuproq odamlar ustiga qulab ketdi. Kabellar uzilib, qurilish materiallarining qarsillagan ovozi eshitildi. Qo‘rqib ketdik. Hammamiz haligacha shokdamiz”.

    Soat 13:17 da avariya oqibatida hech kim jabrlanmagan deb Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar bergandi. Biroq, vazirlik voqea guvohi bo‘lgan 1975-yil tug‘ilgan qashqadaryolik B.M. ushbu holatdan qattiq stressga tushib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida tibbiy yordam ko‘rsatilayotganini ma’lum qilgandi.

    Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, pudratchi qurilish tashkilotlarining kuch va vositalari yordamida yuzaga kelgan holat bartaraf etilayotgani, avariya oqibatida 250 metr kub tuproq o‘pirilib tushgani haqida xabar berdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    UzReport telekanali o‘z manbalariga asoslanib tarqatgan xabarlarga ko‘ra, tuproq ostida 20 nafarga yaqin quruvchi bo‘lgani, ularning birontasi omon qolmagan.

    Mavzuga doir: Yunusoboddagi metro qurilishida o‘pirilish yuz bergan joy ostida 20 nafarga yaqin quruvchi bo‘lgan 

    Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi 18-dekabrdagi farmoyishi bilan Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining qurilayotgan qismida sodir bo‘lgan hodisa sabablari va oqibatlarini o‘rganish hamda zudlik bilan bartaraf qilish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzilganini ma’lum qildi.

    O‘zAning yozishicha, o‘pirilgan joyning hali to‘rtdan bir qismi ham qazib ulgurilmagan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Ayni paytda Bosh prokuratura, IIV, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan qidiruv-surishtiruv ishlari davom etmoqda.

    Mavzuga doir: Yunusoboddagi metro avariyasida kamida 2 kishi halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda

    18.12.2019, 20:26   Izoh (0)   180991
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning yirik kompaniyalarini O‘zbekistonga taklif etdi

    18.12.2019, 20:11

    Yunusoboddagi metro qurilishida yuz bergan avariya joyida 4 kishining jasadi topildi

    18.12.2019, 20:01

    O‘zbekistonda so‘nggi standartlarga javob beradigan 31 ta maxsus tergov xonasi tashkil etildi

    18.12.2019, 19:55

    Yunusoboddagi metroda o‘pirilish sabablarini o‘rganish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi

    18.12.2019, 19:41

    Toshkent viloyatida tuman hokimligi xodimi 120 ming dollar bilan qo‘lga olindi

    18.12.2019, 19:09

    Muhammadjon Obidov: Shuhrat G‘aniyev nomiga ochilgan soxta akkauntlar ortida puldor siyosiy kuchlar turibdi (video)

    18.12.2019, 18:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Ukrainaga 3000 dan ortiq uzoqqa uchadigan raketalar beradi — WSJ

    Dunyo | 24 avgust, 23:21

    Shavkat Mirziyoyev Zelenskiy va Ukraina xalqini Mustaqillik kuni bilan qutladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 22:56

    Isroil armiyasi Yaman poytaxtiga hujum qildi (video)

    Dunyo | 24 avgust, 22:13

    O‘zbekiston elchixonasi Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 21:44

    Putin yadrochilar bilan maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi

    Dunyo | 24 avgust, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 24 avgust, 20:20

    O‘zbekistonda 40 kunda fermer xo‘jaliklari 30,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi

    Toshkent viloyati | 24 avgust, 20:12

    Shimoliy Koreya yangi zenit raketalarini sinovdan o‘tkazdi (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 18:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.