Vazirlar Mahkamasining joriy yil 18-dekabrdagi farmoyishi bilan Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining qurilayotgan qismida sodir bo‘lgan hodisa sabablari va oqibatlarini o‘rganish hamda zudlik bilan bartaraf qilish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanali ma’lum qildi.
Komissiyaga sodir bo‘lgan hodisa sabablarini va oqibatlarini joyida o‘rganish, hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jabrlanganlar va ularning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish hamda boshqa bir qator vazifalar yuklandi.
Izoh (0)