Pasxa orolidagi tosh haykallar qadimgi Polineziya aholisi ular yer mahsuldorligini saqlashga yordam berishiga ishongani tufayli o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. AQSh, Yangi Zelandiya va Chili arxeologlari hamda tuproqshunoslari guruhi shunday xulosaga keldi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Tahlillar davomida mutaxassislar orolning sharqiy qismidagi Rano Raraku vulqoni yaqinida o‘rnatilgan ikki monolit haykalni o‘rgandi. Tadqiqot muallifi Joanna Van Tilburgga ko‘ra, ularni barpo etishdan maqsad orol yerlari mahsuldorligini oshirish bo‘lganining ilmiy dalillari topildi.
Rano Raraku yonidagi tuproqning kimyoviy tahlili uning tarkibi yuqori hosil uchun kerakli bo‘lgan fosfor va kalsiy elementlariga boy ekanligini ko‘rsatdi. Bu esa, o‘z navbatida, olimlarga vulqon yaqinidagi hudud mahalliy aholi uchun nafaqat toshlar, balki qishloq xo‘jaligini yuritish uchun zarur mahsuldor tuproq manbasi ham bo‘lgani haqida xulosa qilishga imkon berdi.
Izoh (0)