• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda birinchi modulli “bog‘cha” ochildi

    Kecha, 4-dekabr kuni Toshkentning Olmazor tumani maktabgacha ta’lim tashkiloti hududida qurilgan birinchi modulli binoning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati

    Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, ochilish marosimida maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin va Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasining muvaqqat ishlar bo‘yicha vakili Janob Chjan Venchuan ishtirok etdi.

    Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati

    Modulli MTT loyiha na’munalarining taqdimoti 2019-yil oktabr oyida bo‘lib o‘tgan edi. Ikki oy muddat ichida loyiha to‘laqonli ishga tushirildi. Birinchi modulli bog‘cha Olmazor tumanining 441-sonli MTTga o‘rnatildi. U bir-biriga ulangan 4 ta dengiz konteyneridan iborat bo‘lib, bolalar uchun qulay mebel jihozlari, ularning aqliy salohiyatini rivojlantiruvchi o‘yinchoqlar va o‘quv materiallari bilan jihozlangan va keng o‘yin maydonchasiga ega.

    Mavzuga doir: Chekka hududlarga mobil va modulli “bog‘cha”lar boradi (foto)

    Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati

    Modulli maktabgacha ta’lim tashkilotlari loyihasini ishlab chiqish davomida Rossiya, Shvetsiya va Koreyaning ilg‘or tajribalari o‘rganildi. Modulli binolar ekologik toza, sog‘liq uchun xavfsiz materiallardan tayyorlangan va har qanday iqlim sharoitida mo‘tadil haroratni saqlashga imkon beruvchi qo‘shimcha issiqlik izolyatsiyasi bilan jihozlangan.

    Mavzuga doir: Sergelidagi ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatida ikkita bolalar bog‘chasi ochildi (foto)

    Shuningdek, mutaxassislar xavfsizlik, tezkor evakuatsiya qilish va bolalar uchun qulay sharoit puxta ishlab chiqqan. Binolar elektr energiyasi, suv ta’minoti, konditsioner, isitish va yong‘indan himoya qilish tizimlari bilan jihozlangan. Qulay va yengil vaznli yig‘ma krovatlar to‘liq kunlik guruhlar uchun taqdim etilgan.

    Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati

    Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shinning ta’kidlashicha, modulli maktabgacha ta’lim tashkilotlarning joriy etilishiga bo‘sh o‘rinlarning keskin taqchilligi sabab bo‘lmoqda. Yangi maktabgacha ta’lim tashkilotini barpo qilish uchun ko‘p vaqt talab etgani va budjetdan ajratiladigan mablag‘ sababli bunday MTTlarning soni chegaralangan.

    Mavzuga doir: Namanganda ilk mobil bog‘cha ish boshladi (foto)

    “Modulli bog‘cha inshootlari esa ikki oy ichida tashkil etiladi va ishga tushiriladi, natijada esa 70 foiz xarajat tejaladi. Bu esa joriy budjet hisobiga MTV 70 foizdan ko‘proq bolalarni maktabgacha ta’lim xizmati bilan qamrab olishi mumkin, deganidir. Dastlabki bolalar modul guruhlar tashkil etilayotgan “Qichqiriq” mahallasida MTTga joylashish uchun navbatda turgan 914 nafar kichkintoylar bor. Endilikda esa modulli MTT qurilishi tufayli 120 nafar bola maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi”, — deydi u.

    Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati

    Modulli binoda 2 ta to‘liq kunlik guruh va 2 smena ishlaydigan qisqa muddatli 1 ta guruh faoliyat yuritadi. Har bir guruhga tarbiyachi pedagog va yordamchi tarbiyachi tayinlanadi.

    Modulli MTT bir qator afzalliklarga ega:
    • qo‘shimcha konteynerlarni biriktirish evaziga kengaytirish mumkin;
    • ixchamligi sababli har qanday infratuzilma bilan moslashadi;
    • zarur hollarda demontaj qilinib va boshqa joyga ko‘chirish mumkin;
    • qurilishda zamonaviy materiallardan foydalanganligi tufayli qimmat kapital ta’mirlash talab etilmaydi.

    Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati

    Hozirgi kunda Surxondaryo (Sangardak qishlog‘i) va Toshkent viloyatida (Bo‘stonliq tumani) hamda poytaxtning ayrim tumanlari (Olmazor, Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek)da modulli ishlab chiqarish va o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

    05.12.2019, 15:17   Izoh (0)   35373
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2020-yildan o‘nta OTM o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tadi

    05.12.2019, 14:30

    Andijonda yong‘inni o‘chirish vaqtida ikki kishining jasadi topildi

    05.12.2019, 14:16

    Transport vazirligi bo‘lim boshlig‘i 250 dollar pora olayotganda qo‘lga olindi

    05.12.2019, 13:46

    Toshkentning yana ikki tumani issiqlik ta’minotidan vaqtincha uzildi

    05.12.2019, 13:31

    Toshkent viloyatida Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tashkil etildi

    05.12.2019, 13:15

    Qashqadaryodagi maktabda IIB tashabbusi bilan stadion quriladigan bo‘ldi

    05.12.2019, 12:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.