Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Tekshiruvda fuqaro A.V. yakka tartibdagi tadbirkor U.K.ni aldab uning ishonchiga kirib, Xitoydan baliq mahsulotlarini olib kelib berishni va’da qilib, uning 15 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan A.V.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)