“O‘zgidromet”ning xabariga ko‘ra, shu haftaning asosiy qismida respublikada juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechasi 4—9 daraja, kunduzi 14—19 daraja atrofida bo‘ladi. Yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Hafta oxiriga borib, juma va shanba kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi tomondan nisbatan salqin va nam havo oqimlarining kirishi kutilmoqda. O‘zbekiston bo‘yicha havoning bulutliligi ortib, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.
Shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15—20 metrga yetadi. Kunduzgi harorat 7—12 daraja iliqqacha tushadi, kechasi 2—7 daraja iliq atrofida bo‘ladi, bunday harorat iqlimiy me’yorlarga yaqin.
Izoh (0)