Havo haroratining keskin pasayishi natijasida Qo‘qon shahriga tabiiy gaz yetkazib beradigan taqsimlash stansiyalarida kirish bosimining pasayishi kuzatilmoqda. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shuni inobatga olgan holda, viloyat gaz idorasining xabarnomasiga asosan Qo‘qon shahrining ayrim ulgurji tabiiy gaz iste’molchilari, jumladan, metan quyish shoxobchalari vaqtinchalik chora-tadbir sifatida cheklangan gaz yetkazib berish tartibiga o‘tkazilmoqda.
Buning natijasida shahar tug‘ruqxonasi, Go‘daklar uyi, Mehribonlik uyi, maxsus internatlar, ayrim mahallalarga yetkazib beriladigan gaz bosimini 2,8 atmosferadan 4 atmosferagacha ko‘tarishning imkoni bo‘lgani bildirilmoqda.
“Ayni paytda shaharga kirib keladigan gaz bosimini ko‘tarish choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi hokimlik matbuot xizmati xabarida.
Izoh (0)