• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tergov departamenti o‘qituvchining o‘limiga olib kelgan voqea bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi

    Samarqand shahridagi 42-maktabda tarix fanidan dars bergan o‘qituvchi Izzatillo M.ni 15 kishi kaltaklagani hamda o‘qituvchi olgan tan jarohatlari natijasida hayotdan ko‘z yumgani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti mazkur holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

    Foto: O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti

    Foto: O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti

    Ichki ishlar vazirligi xabaridan anglanishicha, samarqandlik o‘qituvchi 15 kishi emas, balki to‘qqiz kishi tomonidan kaltaklangan.

    Ma’lum qilinishicha, 2019-yil 20-noyabr kuni taxminan soat 02:00 da 28 yoshli fuqaro Izzatillo M. o‘zining 30 yoshli tanishi Maqsud bilan birgalikda Samarqand shahar Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan avtobus bekati oldidan o‘tib ketayotgan Asal ismli ayolga gap otgan. Bu vaqtda Asalning yonida bo‘lgan ikki nafar erkak tanishi ushbu holatga aralashib, ulardan biri Izzatilloning yuziga bir marotaba urgan. Shundan so‘ng Asal o‘zining tanishlariga qo‘ng‘iroq qilib, ularni chaqirgan.

    Asalning chaqiruviga binoan olti kishi kelgan. Ularning ichida ikki nafari ayol ham bo‘lgan. Shundan so‘ng ular bir guruh bo‘lib, shu kuni soat 03:40 da Samarqand shahar Beruniy ko‘chasi 82-uy oldida Izzatilloning sherigi Maqsudni haqoratlab, uning turli joylariga qo‘l va oyoqlari bilan urib, unga tan jarohatlari yetkazgan.

    Shundan so‘ng uch nafar ayol va uch nafar erkak qo‘l va oyoqlari bilan Izzatilloning bosh qismi va tanasining turli sohalariga bir necha marotaba urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan.

    Ko‘rilgan tezkor chora tadbirlar natijasida Izzatilloga nisbatan jinoyatni sodir etgan shaxslardan uch nafari ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlangan.

    Ma’lum qilinishicha, Izzatilloga bosh miya suyaklarining og‘ir sinishi tashxisi qo‘yilgan.

    Mazkur holat yuzasidan 20-noyabr, chorshanba kuni Samarqand shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan 23-noyabr, shanba kuni Izzatillo shifoxonada vafot etgan. Shu kuni uning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan hamda jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga qayta malakalangan.

    Dastlabki tergov jarayonida uch nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi va 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan ayb e’lon qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va qolgan olti nafar gumon qilinuvchiga nisbatan tegishli ehtiyot choralarini qo‘llash masalasi ko‘rilmoqda. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Ma’lum qilinishicha, marhum Izzatillo M. 2016-yil 6-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan va shu yili Samarqand shahridagi 42-sonli umumta’lim maktabiga rus tili fanidan o‘qituvchi bo‘lib ishga kirgan. 2017-yil 25-sentabr kuni u ishdan bo‘shagan va Rossiyaga ishlash uchun ketgan. Izzatillo M. Rossiyadan 2018-yil avgust oyida qaytib kelgan.

    2018-yil 3-sentabrda yana shu maktabga o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilingan hamda o‘quvchilarga rus tilida tarix fanidan dars berib kelgan. Joriy yilning 17-oktabr kuni ishdan bo‘shashi haqida maktab direktorini og‘zaki ogohlantirgan va maktabga ishga bormay, shu vaqt mobaynida Samarqand shahri Mirzo Ulug‘bek va Shohrux ko‘chalari kesishuvchi chorrahasida somsa sotish bilan shug‘ullangan.

    Mavzuga doir:

    • Samarqandlik o‘qituvchi 15 kishi tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgani aytilmoqda
    • Samarqandda sobiq o‘qituvchining 15 kishi tomonidan urib o‘ldirilishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi
    • Samarqandda 15 kishi tomonidan urib o‘ldirilgan o‘qituvchi ishi yuzasidan 3 kishi hibsga olindi

    28.11.2019, 09:33   Izoh (0)   56842
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda Rossiya qamoqxonasidagi o‘zbekistonlikni hibsdan chiqarib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

    28.11.2019, 09:01

    Samarqand shahar XTB kaltaklanishi oqibatida vafot etgan o‘qituvchi haqida ma’lumot berdi

    28.11.2019, 08:27

    Zarafshon shahri xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha maxsus taktik-o‘quv mashqlari o‘tkazildi (foto)

    28.11.2019, 07:43

    Saida Mirziyoyeva ko‘zi ojiz bolalar maktabi o‘quvchilari bilan tushlik qildi va ularga yangi kitoblar sovg‘a qildi (foto)

    28.11.2019, 07:11

    Qo‘qonda o‘rnatiladigan davlat bayrog‘i poydevoriga vaqt kapsulasi joylashtirildi (video)

    28.11.2019, 05:36

    O‘zbekistonda esdalik tangalar narxi arzonlashdi

    28.11.2019, 02:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.