O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Toshkent shahridagi 77-sonli maktab-internat tarbiyalanuvchilari bilan yana bir bor uchrashdi. Bu haqda u o‘zining Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi.
Uchrashuvda tarbiyalanuvchilarga “Ko‘ngil ko‘zi” loyihasi doirasida O‘tkir Hoshimovning Brayl yozuvida chop etilgan “Muhabbat” kitobi va qator darsliklar sovg‘a qilingan.
“Bolalar bilan birgalikda gamburger va fri kartoshkasini yedik, koka-kola ichdik. Chin dildan suhbat qurib, qo‘shiqlar kuyladik, she’rlar o‘qidik. Ajib, iste’dodli, ishtiyoqqa to‘la bolalar!”, — deb yozgan Saida Mirziyoyeva o‘z kanalida.
Izoh (0)