O‘zbekiston Markaziy banki esdalik tangalarning 27-noyabrdan amalda bo‘ladigan narxlarini belgiladi.
Unga ko‘ra:
1 ta oltin tanga narxi — 14 200 000 so‘m (o‘tgan haftaga nisbatan 100 ming so‘mga arzonlashdi);
1 ta kumush tanga narxi — 321 000 so‘mni tashkil etdi (o‘tgan hafta — 325 000 so‘m).
Esdalik tangalarning har birining og‘irligi 31,1 grammdan iborat. Metallar probasi 999,9 ga teng.
Eslatib o‘tamiz, esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.
Izoh (0)