Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining umumiy rahbarligida Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, DXX, prokuratura, harbiy qismlar hamda hokimlik organlari hamkorligida “Boshqaruv organlari, harbiy qismlar va muassasalarni yuqori jangovar shaylik darajasiga keltirish, hamkorlikdagi kuchga ega tuzilmalarning bo‘linmalari bilan hamkorlikda Zarafshon shahar xavfsizligini ta’minlash” mavzusida maxsus taktik-o‘quv mashqlari o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga Navoiy viloyati IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
“O‘quv mashqi 3 bosqichda o‘tkazildi. Birinchi bosqichda o‘quv-mashq qatnashchilarini yuqori jangovar shaylik darajasiga keltirish, Zarafshon shahar hududida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘rildi”, — deydi viloyat IIB harbiy safarbarlik bo‘limi boshlig‘i kapitan Shuhrat Rajabov.
O‘quv-mashq davomida shartli jinoyatchilarni to‘sib ushlash, ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish, qurollangan jinoyatchilarni qo‘lga olish kabi vaziyatlarda ichki ishlar xodimlari hamda hamkorlikdagi tuzilmalarning favqulodda holatlarda harakatlanish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.
Izoh (0)