Buxoro shahrida yashovchi 41 yoshli X.G. 2018-yil dekabr oyida shahardagi Markaziy dorixona oldida Buxoro tumanida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan M.J.ning ishonchiga kirib, unga akasi M.N.ni Rossiya Federatsiyasidagi qamoqxonadan chiqarib berishni va’da qiladi. Bu haqda Buxoro viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
U ushbu “xizmatlari” uchun 600 000 rubl va 4 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan X.G.ga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)