Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Fazliddin G‘oibnazarov 16-dekabr kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tadigan boks oqshomida G‘oibnazarovga argentinalik Mauro Maksimilano Godoy raqiblik qiladi.
Ma’lumot uchun, Fazliddin shu kunga qadar prof ringda sakkizta jang o‘tkazib, ularning yettitasida g‘olib bo‘lgan. Bitta jangda (Maykl Foksga) esa mag‘lub bo‘lgan.
30 yoshli Godoy esa hozirgacha 38 ta jang o‘tkazib, ularning 32 tasida g‘alaba qozongan. Beshta jangda esa mag‘lub bo‘lib, bitta bahsda durang qayd etgan.
Izoh (0)