Boks bo‘yicha beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezerning navbatdagi janglari haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
TMZ’ning xabar qilishicha, Meyvezer 2020-yilda ikkita jang o‘tkazadi. Birinchisi bokschiga qarshi bo‘ladi. Raqib katta ehtimol bilan Menni Pakyao bo‘lishi kutilmoqda. 2015-yilda Floyd filippinlik bokschini ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etgandi.
Ikkinchi bahs esa UFC jangchisi bilan o‘tkaziladi. Floyd promoushen yengil vazn toifasining chempioni Habib Nurmagomedov variantini ko‘rib chiqmoqda.
Avvalroq Meyvezer UFC prezidenti Deyna Uayt bilan hamkorlik qilayotganini ma’lum qilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)