Futbol bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatining barcha ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi.
11—21-dekabr kunlari Qatarda bo‘lib o‘tadigan musobaqada yettita jamoa ishtirok etadi.
“Liverpul” (Angliya) — Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibi
“Flamengo” (Braziliya) — Libertadores Kubogi sohibi
“Monterrey” (Meksika) — KONKAKAF Chempionlar Ligasi g‘olibi
“Esperans” (Tunis) — Afrika Chempionlar Ligasi g‘olibi
“Iyengen Sport” (Yangi Kaledoniya) — Okeaniya Chempionlar Ligasi g‘olibi
“Al Hilol” (Saudiya Arabistoni) — Osiyo Chempionlar Ligasi g‘olibi
“As Sadd” (Qatar) — Qatar chempioni, mezbon jamoa
Yana bir ¼ final bahsi “Al Hilol” va “Esperans” o‘rtasida kechadi. Unda g‘olib chiqqan klub “Flamengo”ga qarshi o‘ynaydi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)