Futbol bo‘yicha Libertadores Kubogi finalida “Flamengo” va “River Pleyt” jamoalari bahs olib bordi.
Peru poytaxti, Limada bo‘lib o‘tgan o‘yinda braziliyaliklar klubining qo‘li baland keldi. Dastlab Rafael Borre 14-daqiqada amaldagi chempionlarni oldinga olib chiqdi. Biroq “Flamengo” futbolchilari o‘yin yakunlanishi arafasida ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Gabriel Barboza 89 va 92-daqiqada dublga erishgan holda jamoasiga g‘alaba olib keldi.
Yarim finalda “Flamengo” “Gremiyo”ni mag‘lub etgan, “River Pleyt” esa o‘tgan yilgi finalchi “Boka Xuniors”dan ustun kelgandi.
Shu tariqa “Flamengo” o‘z tarixida ikkinchi marta Libertadores Kubogiga ega chiqdi.
Libertadores Kubogi
Final bahsi
23-noyabr, shanba
“Flamengo” Braziliya — “River Pleyt” Argentina 2:1
Gollar: 0:1 — 14 Borre, 1:1 — 89 Gabriel Barboza, 2:1 — 90+2 Gabriel Barboza.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)