Toshkent mezbonlik qilayotgan MMA bo‘yicha GFC 20 musobaqasi doirasida yana bir jang yakuniga yetdi.
Og‘ir vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Muzaffar Rajabov tunislik Aladin Ben Halimaga qarshi jang olib bordi. Buxorolik tajribali sportchi bahsning 50-soniyasidayoq og‘ritish usulini qo‘llab, raqibini taslim etdi.
Avvalroq Ahliddin Mirzadavlatov va Jahongir Jumayev muddatidan avval raqiblarini taslim etgan, shuningdek, Avliyoxon Hamidov braziliyalik jangchini ochkolar hisobida yengandi. Nursulton Ro‘ziboyev ukrainalik raqibini texnik nokautga uchratdi. Amin Ergashev belaruslik yakkakurashchiga yutqazib qo‘ygan bo‘lsa, Jamshid Rahmonaliyev esa surinamlik sportchiga imkoniyatni boy berdi.
Izoh (0)