Toshkent mezbonlik qiladigan MMA bo‘yicha GFC 20 musobaqasidan oldin matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda musobaqaning faxriy mehmoni Habib Nurmagomedov Toshkentdagi “Humo Arena” majmuasida jang o‘tkazish haqida gapirib o‘tdi.
“ ‘Humo Arena’ UFC musobaqalarini o‘tkazish uchun to‘la mos keladi. Masalan, Moskvada 11 ming kishi sig‘adigan SSKA Arenada jang oqshomini o‘tkazdik. ‘Humo Arena’ esa jahon saviyasidagi arena va unga 15 ming odam sig‘adi. U yerda bemalol yirik musobaqalarni o‘tkazsa bo‘ladi. Men UFC bilan shartnomaga egaman. Agar UFC jangni shu yerda tashkil etsa, men, albatta, shu yerda jang qilaman. Agar kelajakda O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi bu borada UFC bilan kelisha olsa, men jon-jon deb bu yerda jang qilgan bo‘lardim. Dog‘istonda bunday saviyadagi arena yo‘q. To‘g‘ri, stadion bor, biroq UFC usti ochiq inshootlarda jang o‘tkazishga ruxsat bermaydi. Shuning uchun, ‘Humo Arena‘da jang qilishga qarshi emasman”, — deya Habib Nurmagomedovning so‘zlarini keltirmoqda “Daryo” muxbiri.
Izoh (0)