AQSh federal prokuraturasi prezident Donald Trampning shaxsiy advokati Rudolf Julianiga nisbatan tekshiruv boshladi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Bloomberg manbalariga ko‘ra, prokurorlar Juliani saylov kampaniyalarini moliyalashtirish qoidalariga qanchalik rioya etganligini tekshirmoqda.
Oktabr oyida bu boradagi qonun buzilishlari uchun uchun Julianiga yaqin hisoblanadigan biznesmenlar Lev Parnas va Igor Fruman qo‘lga olingandi. Prokuratura AQSh prezidenti advokati bu ikkisi ilgari surish bilan shug‘ullangan Ukrainadagi energetika loyihalaridan shaxsiy manfaat ko‘rgan yoki yo‘qligini ham tekshirmoqchi.
Shuningdek, tekshiruv davomida Juliani xorijlik mansabdorlarni sotib olishga aloqasi borligiga ham aniqlik kiritiladi.
Ma’lumot uchun, Rudolf Julianini AQShda qo‘zg‘atilgan Donald Trampning impichmenti bo‘yicha ishda asosiy shaxs hisoblanadi.
Izoh (0)