Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi Boeing 787-9 Dreamliner samolyotida Londondan Sidneyga qo‘nishlarsiz parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Samolyot bortida jami 40 kishi bo‘lgan. Parvoz 19 soat-u 19 daqiqa vaqt olgan. Boeing 787-9 Dreamliner 300 nafar yo‘lovchi va yuk tashishga qodir, biroq buning uchun to‘xtash va yoqilg‘i g‘amlashga to‘g‘ri kelgan bo‘lardi.
Bu tijoriy yo‘lovchi samolyoti uchun Londondan Sidneyga qo‘nishlarsiz parvoz masofa va vaqt jihatdan yangi rekord hisoblanadi.
Izoh (0)