Boliviya tashqi ishlar vaziri Karen Longarich Venesuela elchixonasining barcha xodimlarini persona non grata deb e’lon qildi va ulardan mamlakatni tark etishni talab qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Vazirga ko‘ra, diplomatlarning Boliviya ichki ishlariga aralashuvi tufayli shunday qaror qabul qilingan.
Mamlakatda Venesuelaning o‘qotar qurolga ega ko‘plab fuqarolari qo‘lga olingan. Ular Boliviyada yuz bergan tartibsizliklarda sobiq prezident Evo Morales tomonida turgani gumon qilinmoqda.
Venesuelaliklardan tashqari, Boliviyani bu yerda turli sohalarda ishlayotgan va g‘alayonlarda qatnashgan Kubaning 725 nafar fuqarosi ham tark etadi.
Izoh (0)