Boliviyaning sobiq prezidenti Evo Morales mamlakatda ortida AQSh turgan davlat to‘ntarishi yuz berdi deb hisoblamoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
“Biz Trampning amaldagi hukumatni tan olish qarorini qoralaymiz. Guaydoni Venesuelaga tiqishtirib, endi Anyesni prezident deb e’lon qildi. Boliviyadagi birodarlarim o‘limiga sabab bo‘layotgan davlat to‘ntarishi ildizi AQShga borib taqaladigan siyosiy va iqtisodiy fitnadir”, — deya yozuv qoldirgan Morales Twitter’dagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, kuni kecha AQSh Boliviya senati raisining o‘rinbosari Janin Anyesni davlat rahbari vazifasini bajaruvchi deb tan oldi.
Izoh (0)