• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    SSV Qashqadaryodagi pomidor konservasidan zaharlangan oila haqida ma’lumot berdi

    Qashqadaryoda 12-noyabr kuni er-xotin 4 nafar farzandi va bir nafar jiyani bilan pomidor-bodring konservasidan zaharlangani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

    Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 14-noyabr kuni soat 09:00 da Chiroqchi tumani Langar MFY Tutli qishlog‘ida yashovchi 7 nafar fuqaro tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib kelingan. Bemorlarga ovqatdan zaharlanish — “Botulizm”ga gumon tashxisi qo‘yilgan. Ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uch nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filiali reanimatsiya bo‘limiga, to‘rt nafari esa viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

    Mavzuga doir: Qashqadaryoda bir oilada 7 kishi pomidor-bodring konservasidan zaharlandi. Ularning 5 nafari bolalar

    Aniqlanishicha, bemorlarning deyarli barchasi bir oila vakillari: oila boshlig‘i 38 yoshli N.H., uning turmush o‘rtog‘i 37 yoshli Yu.U., farzandlari 13 yoshli A.T., 9 yoshli egizaklar H.T. va F.T., 5 yoshli T.T. hamda jiyani 5 yoshli L.T..

    Epidemologik surishtiruv davomida va bemorlarning bir haftalik taomnomasi o‘rganilganida, bemorlar 2019-yil 13-noyabr kuni kechki payt soat 17:00 da N.H.ning xonadonida osh bilan uch litrli shisha bankada uy sharoitida tayyorlangan pomidor konserva mahsulotini iste’mol qilgani ma’lum bo‘lgan. Ertasi kuni ertalab soat 08:30 da ularning barchasida ko‘ngil aynishi, holsizlanish, qayt qilish kabi kasallik alomatlari paydo bo‘lgan. So‘ng bemorlar shu kuni tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilgan.

    Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialida davolanayotgan oila boshlig‘i, uning turmush o‘rtog‘i va katta o‘g‘liga “Botulizm” kasalligining og‘ir darajasi, o‘tkir toksemiya davri, toksik neyropatiya, o‘tkir nafas yetishmovchiligi I darajasi tashxisi qo‘yilgan. Ularning ahvoli jiddiy.

    Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan qolgan bemorlarning ahvoli esa qoniqarli. Ayni paytda tajribali shifokorlar tomonidan bemorlarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.

    Bemorning xonadoni o‘rganilganda uy sharoitida tayyorlangan turli hajmdagi 13 dona konserva mahsuloti tegishli tartibda iste’moldan olinib, yo‘q qilingan.

    Hozirda tuman sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi tomonidan hudud aholisi o‘rtasida “Botulizm” kasalligining oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari kuchaytirilib, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilayapti. Xonadonlarda uy sharoitida tayyorlangan, iste’molga yaroqsizligi aniqlangan konserva mahsulotlarini yo‘q qilish choralari ko‘rilayapti.

    Mavzuga doir: Farg‘onada 2 kishi pomidor-bodring konservasidan zaharlandi

    Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolardan uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilishdan saqlanishni so‘raydi.

    15.11.2019, 21:31   Izoh (0)   28515
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Kosondagi voqea — ‘maktab—oila—mahalla’ hamkorligidagi bo‘shliq oqibati”. Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘quvchi qizning 15 yoshida ona bo‘lganiga munosabat bildirdi

    15.11.2019, 21:16

    “Daryo” oqshomi: Tabletkali pishiriqlar vahimasi, Lolani qoralagan Bositxonova, deportatsiyani kutayotgan o‘zbekistonlik IShIDchilar va 15-noyabrning boshqa muhim

    15.11.2019, 21:00

    Shavkat Mirziyoyev farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

    15.11.2019, 20:50

    Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahatlashuvi Toshkentda 29-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi

    15.11.2019, 20:34

    Xotin-qizlar qo‘mitasi: Oilaviy ajrashuvlarga erkaklarning migratsiya ta’siriga tushib qolayotgani ham sabab bo‘lmoqda

    15.11.2019, 20:04

    Farg‘onada shahar hokimligi tadbirkor mulkini tortib olmoqchi edi. Oliy sud xususiy tadbirkor foydasiga qaror chiqardi

    15.11.2019, 19:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.