Yevroittifoq kengashi Venesuelaga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Kengash Venesuelaga nisbatan cheklov choralarini 2020-yil 14-noyabrga qadar uzaytirishga qaror qildi”, — deyiladi yakuniy bayonotda.
Cheklov choralari mamlakat qurol va politsiya anjomlari yetkazib berishga taqiq, shuningdek, Yevroittifoqqa kirishi va bank tizimidan foydalanish man etilgan 25 kishilik qora ro‘yxatni o‘z ichiga oladi.
Izoh (0)