Kataloniya mustaqilligi tarafdorlari 11-noyabr, dushanba kuni markaziy Ispaniya va Fransiyaga olib boriladigan avtomagistrallarni blokirovka qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Namoyishchilar yo‘llarni o‘z avtomobillari bilan to‘sdi.
Ularning aytishicha, aksiyadan ko‘zda tutilgan maqsad “Ispaniya rasmiylariga mojaroni hal qilishning yagona yo‘li muzokaralar ekanligini yetkazish”dan iborat.
Fransiya va markaziy Ispaniyadagi chegara punktlarida politsiya ishtiroki kuchaytirilgani aytilmoqda.
Izoh (0)