Belarus prezidenti 2016-yil may oyidan beri ilk bor Yevroittifoqqa yo‘l oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aleksandr Lukashenko 2019-yil 11—12-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Avstriyada bo‘ladi. Bu yerda u mamlakat prezidenti Aleksandr Van der Bellen va boshqa rasmiylar bilan muzokaralar o‘tkazishi, qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Uzoq yillar Lukashenkoning Yevroittifoq davlatlariga tashrifi unga qarshi joriy etilgan shaxsiy sanksiyalar tufayli imkonsiz edi. Biroq 2016-yilda deyarli 20 yil davomida G‘arbning siyosiy va iqtisodiy bosimi ostida bo‘lib kelgan Belarusdan, shu bilan birga, uning yetakchisidan ham deyarli barcha sanksiyalar olib tashlandi.
Shundan so‘ng Lukashenko bir necha bor Yevroittifoqqa turli tadbirlarga taklif etilgan, ammo tashriflar amalga oshirilmagandi.