Filippin prezidenti Rodrigo Duterte mamlakat hukumati boshqaruvini uch kunga prezident devonxonasi boshlig‘i Salvador Medialdesga topshiradi va o‘zi xordiq chiqaradi. Bu haqda “Izvestiya” xabar berdi.
Prezidentning ta’tili 12-noyabr, seshanba kuni boshlanadi. Duterte ta’tilni o‘z jonajon shahri Davaoda o‘tkazadi.
Filippin davlat rahbarining vakili Salvador Paneloning aytishicha Duterte uyqusi kamligi va zo‘riqib ishlayotgani tufayli ta’til olgan.
Mavzuga doir: Benin sohillarida qaroqchilar Norvegiya kemasidagi filippinlik dengizchilarni o‘g‘irlab ketdi
2018-yil noyabrida Filippin prezidenti Singapurda o‘tgan Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari (ACEAH) sammitini uxlab kuch to‘plashi haqida ogohlantirgan holda o‘tkazib yuborgandi. Jurnalistlar bilan suhbatda Duterte uyquga to‘ymagani, lekin xordiq sabab ortiqcha zo‘riqish hamda charchoqdan xalos bo‘lganini ma’lum qilgan.