Bangladesh sharqida ikkita temiryo‘l poyezdining to‘qnashuvi oqibatida 16 nafar odam halok bo‘ldi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Qurbonlar soni 16 nafarga yetgan, 50 nafardan ortiq odam esa turli darajadagi tan jarohatlari olgan deyiladi mahalliy politsiya bayonotida.Halokat 12-noyabr, seshanba tongida Braxmanbariya okrugining Chittagong viloyatida sodir bo‘lgan. Fojeani ikki poyezddan birini boshqargan mashinistning shaharlararo ekspress kelayotganligi haqidagi xabarga beparvolik bilan munosabatda bo‘lgani keltirib chiqargan. Avariyadan keyin Udayan Express relsdan chiqib ketgan va bir nechta vagon jiddiy talofat ko‘rgan.
Voqea joyiga tez tibbiy yordam, politsiya va Bangladesh temiryo‘llar vaziri yetib kelgan. Avariya sodir bo‘lgan joyda maxsus tergov guruhi surshtiruv ishlarini olib bormoqda.
Qutqaruv ishlari ham davom ettirilmoqda. Hukumat vakillari halok bo‘lganlar sonining ko‘payishi mumkinligidan xavotirda.
Avval Pokistonda poyezdda yuz bergan portlash oqibatida yuzaga kelgan yong‘inda 60 nafardan ortiq odamning halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Izoh (0)