Meksika tashqi ishlar vaziri Marselo Ebrard mamlakat Boliviya sobiq prezidenti Evo Moralesga poytaxt La-Pasdagi elchixonasida boshpana berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
Shuningdek, vazir Meksika La-Pasdagi elchixonasi hududida Boliviyaning 20 nafar mansabdori va deputatiga joy berishga ulgurganini bildirgan.
Ma’lumot uchun, muxolifatchi siyosatchi, Boliviya senati spikerining o‘rinbosari Janin Ales mamlakat rahbariyati iste’fosidan so‘ng hokimiyat uning qo‘liga o‘tganini aytgan va yangi prezidentlik saylovlari o‘tkazilishini va’da qilgan.
Izoh (0)