Arktikada regbi muxlislari bo‘lgan Janubiy afrikalik sayohatchilar bilan to‘p o‘ynagan oq delfin g‘arb ekspertlarining fikricha “Rossiya josusi” bo‘lishi mumkin. Bu haqda Independent ma’lumotiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Avval delfinning JAR dengizchilari bilan regbi to‘pi o‘ynagani haqidagi video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, unda delfinning suvga uloqtirilgan to‘pni odamlarga qaytarib olib kelayotgani aks etgandi.
Ayrim tadqiqotchilar ushbu oq delfinning Rossiya armiyasi tomonidan maxsus tayyorlangan ‘Xvaldimir’ laqabli josus ekanini taxmin qilmoqda.
“U Rossiya josuslik dasturidan qochib ketgan Xvaldimir laqabli delfinga juda o‘xshaydi”, – deydi jurnalist Ferris Jabr.
Zoologlar Kvad Finn hamda Darren Naysh ham ushbu taxminga qo‘shildi. Kitning turli tryuklarni bilishi, ovqat evaziga suvga uloqtirilgan buyumni qaytarib olib kelishi olimlarning shubhalanishiga sabab bo‘lgan. Ushbu taxmin rasman o‘z tasdig‘ini topmagan.
https://www.facebook.com/alon.kowen/videos/10157295174625860/