Eron hukumati 10-noyabr kuni mamlakat janubi-g‘arbidagi Busher viloyatida joylashgan atom elektrostansiyasining ikkinchi energobloki ishga tushirilishini e’lon qildi. Bu haqda Eron atom energiyasi tashkiloti rahbari Ali Akbat Salohiy ma’lum qildi, deb yozmoqda DW.
Eron islom respublikasi ushbu obyektni uranni boyitishni kamaytirish bo‘yicha dunyo yetakchi davlatlari bilan imzolangan dasturdan chiqqanini anglatuvchi loyiha deb hisoblamoqda.
“Majburiyatlarni bajarmaslikni biz birinchi boshlaganimiz yo‘q”, − deydi Salohiy. U AQShning Yadro dasturi bo‘yicha birgalikdagi keng qamrovli harakatlar rejasidan chiqqani ushbu kelishuvni bir tomonlama “yo‘l xaritasi”ga aylanganini anglatishini ma’lum qildi.
Yangi blokning quvvati 1000 MVt, uning qurilishi 2025-yilda o‘z nihoyasiga yetadi.
Busher AES Rossiya va Eron hamkorligining eng katta loyihalaridan biri bo‘ladi. Ishlarga start berilgan tantanali marosimda Rosatom korporatsiyasi boshqaruvi bosh direktorining o‘rinbosari Aleksandr Lokshin ishtirok etgan.
Busher AESda Rossiyada ishlab chiqarilgan urandan foydalaniladi. Ushbu jarayon Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) nazorati ostida bo‘ladi. Avvalroq Eron yadro kelishuvidagi uranni 3,67 foizga boyitish majburiyatni bajarmasligi va uranni 4,5 foizga boyitishini e’lon qilgandi.
Mavzuga doir:
Mavzuga doir: Eronda yangi katta neft koni topildi