Iste’foga chiqqanligini e’lon qilgan Boliviya prezidenti Evo Morales uni hibsga olishga urinishayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net” .
“Politsiya xodimi hibsga olish to‘g’risida buyruq chiqarilganini ochiqchasiga e’lon qildi. Bundan tashqari, jinoyatchilar guruhi uyimga hujum qilishdi. Davlat to‘ntarishi qonun ustuvorligini poymol qilmoqda”, — dedi Morales.
Oldinroq Boliviya sog‘liqni saqlash vaziri Gabriela Montano va muxolifatchi Luis Kamacho ham politsiya Moralesni ushlashni rejalashtirganini bildirgandi.
Bungacha politsiya mamlakat Oliy saylov sudi prezidenti va vitse-prezidenti, shuningdek, mintaqalardagi qator bo‘linmalar rahbarlarini saylov qonunchiligini buzishda ayblab, qo‘lga olgandi.
Mavzuga doir: Boliviya prezidenti Evo Morales iste’foga chiqdi