Ispaniyadagi navbatdan tashqari palament saylovlarida bosh vazir vazifasini bajaruvchi Pedro Sanches yetakchiligidagi Sotsialistlar partiyasi g‘olib chiqdi. Bu haqda El Pais xabar bermoqda.
Milliy saylov komissiyasiga ko‘ra, sotsialistlar parlamentning yangi tarkibidagi 350 o‘rindan 120 tasini qo‘lga kiritgan. Ulardan tashqari, parlamentga yana 5 ta partiya vakillari o‘tgan.
Hech bir siyosiy kuch parlamentda to‘siqlarsiz hukumatni shakllantirish uchun yetarli bo‘lgan mutloq ko‘pchilik o‘rinni ololmadi. Bu esa saylovlardan so‘ng partiyalar o‘rtasida odatda uzoq muddatga cho‘ziladigan muzokaralar boshlanishini anglatadi.