Joriy yilning 24—26-oktabr kunlari Tojikiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi ko‘magida “Tojikiston-2019” xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Imzo kompaniyasi “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” belgisi ostida o‘z mahsulotlarini namoyish etdi.
Bugungi kunga kelib, Imzo kompaniyasi o‘z mahsulotini eksportga tayyorlash chora-tadbirlariga alohida e’tibor qaratmoqda. Jumladan, Imzo kompaniyasi hamda Sug‘d, Xatlon viloyatlari Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida imzolangan xalqaro hamkorlik memorandumi tadbirda ishtirok etishning asosiy vazifalardan birini belgiladi.
Ushbu kelishuv Tojikistonda rasmiy dilerlik tarmoqlarining tashkil etilishi va o‘zaro manfaatli munosabatlar asosida ikkala davlat iqtisodiyotining muqobil o‘sishiga xizmat qiladi.
Ta’kidlash joizki, Imzo kompaniyasining xalqaro ko‘rgazmadagi ishtiroki xalqaro standartlarga javob beruvchi ishlab chiqarish mahsulotlari: deraza-romlar, eshiklar va tarkibiy qismlarni omma e’tiboriga havola etishdan iborat edi.
Shuningdek, ko‘rgazmada Osiyo mintaqasi davlatlari Qozog‘iston, Afg‘oniston, Eron, Rossiya va Xitoy mamlakatlarining energetika, transport, logistika, yengil sanoat, kimyo, tog‘-kon sanoati, mashinasozlik, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va turizm kabi sohalarda faoliyat olib boruvchi qator kompaniyalar ishtirok etishdi.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)