31-oktabr kuni og‘ir jarohatlar bilan Çorlu Devlet Hastanesi tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan O‘zbekiston fuqarosi Z.V. vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga tayanib, TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Konsullik-huquqiy masalalar hal qilinganidan va zarur hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng, marhumning jasadi dafn qilish uchun O‘zbekistonga yuborildi.
Marhumning ish joyi Yıldız Taşlama fabrikasidagi avariya va xavfsizlik qoidalariga amal qilmaslik bo‘yicha tergov davom etmoqda. Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan.Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentabr oyida Turkiyaning “Adolat va taraqqiyot” partiyasi deputati, nafaqadagi general Shirin Unalning uyida ishlagan o‘zbekistonlik Nodira Qodirova to‘pponcha o‘qidan olingan jarohat oqibatida vafot etgan edi. Keyinroq, Nodira Qodirovaning akasi singlisining o‘limi bilan bog‘liq tafsilotlarni ma’lum qilgandi.
Izoh (0)